1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Chilonzorda IIBB xodimi boshqaruvidagi Cobalt YTH sodir etdi

Toshkent shahar IIBB o‘zining sobiq xodimlaridan biri Chilonzor tumanida yo‘l-transport hodisasini sodir etgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Chilonzorda IIBB xodimi boshqaruvidagi Cobalt YTH sodir etdi

 

Maʼlum qilinishicha, 2021 yil 17 iyul kuni taxminan soat 22:00 da Chilonzor tumani Cho‘pon ota ko‘chasida 1976 yilda tug‘ilgan J. J. ismli fuqaro Cobalt avtomobilini boshqarish davomida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l bo‘yida joylashgan kafega urilgan. YTH sabablari aniqlanmoqda.

 

Hodisa oqibatida kafeda bo‘lgan 32 yoshli Bekzod M. va haydovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bekzod M. jabrlanuvchi deya tan olingan, haydovchi esa gumonlanuvchi sifatida jalb etilgan.

 

Cobalt haydovchisi — Toshkent shahar IIBB Shayxontohur tumani IIO FMB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimi podpolkovnik J.J. bo‘lgan. Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining 2021 yil 17 iyul sanasi bilan rasmiylashtirilgan buyrug‘iga asosan J.J. xizmatdan bo‘shatilib, pensiyaga chiqarilgan.

 

«Maʼlumki, qaysidir tizim xodimi tizim obro‘yiga dog‘ tushiradigan harakat sodir etadigan bo‘lsa, xodimni darhol yoxud eski sana bilan tizimdan chetlashtirish odati bor. Bu bilan go‘yoki tizim obro‘yiga putur yetishining ‘oldi olinadi‘. Bu yerda ham shunday yo‘l tutilgan bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas. Har holda, xodimning jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘luvchi YTH sodir etishi va uning ishdan bo‘shashi bir kunga to‘g‘ri kelib qolgani shunga ishora bermoqda», — deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика