
Xabarda keltirilishicha, haydovchi yigit qizni mashinasiga chiqargach, tinimsiz savollar bergan. Qizning qayerda yashashi, nima ish qilishini so‘ragan. Shundan so‘ng qichqirib, mashinadan tushishni so‘ragan. Yigit esa unga baqirmasligini aytib, qizni urgan.
Qiz bo‘lgan voqeani shunday izohlaydi:
“Orqada o‘tirib ketgan 2 nafar yosh yigit mashinadan chiqqach, u savollariga javob berishimni talab qila boshladi. Men esa undan ortiqcha savol bermay, manzilga yetkazishini so‘radim. Shundan keyin u to‘xtamasdan menga teginmoqchi bo‘ldi. Men darhol mashinani to‘xtatishini so‘radim. U esa so‘zlarimga parvo ham qilmadi. Men ovozimni balandlatdim. U eshikni blokka solmoqchi bo‘ldi, lekin ulgurmadi”.
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga ko‘ra, murojaat hozirda Chilonzor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi rahbariyatining nazoratiga olingan. 21 yoshli A.P.ga sud-tibbiy ekspertizasi belgilangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovoldi tekshiruvlari olib borilmoqda. Uning natijalariga ko‘ra qonuniy chora ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada 15-16 yoshli bolalar 45 yoshli taksichini vaxshiylarcha o‘ldirib, dalaga tashlab ketgani haqida xabar berilgandi.
Bahriniso Madumarova


