Qozog‘istonning Chimkent shahrida haydovchi boshqaruvisiz avtobus tepalikdan pastga yurib, qarama-qarshi harakatlanish chizig‘iga kirib, piyodalar yo‘lagida bo‘lgan olti kishini urib yubordi.
Oqibatda to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Tergovchilar marshrutning so‘nggi bekatida bo‘lgan haydovchi avtobusdan tushib, uni qo‘l tormozini bosgan holda qoldirganini aniqladi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, avtobusning yaroqliligi bo‘yicha ekspertiza tayinlangan. Haydovchi vaqtinchalik saqlash hibsxonasida qolmoqda.


