1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Chimyonda adashib qolgan 2 kishi qutqarildi

Ular dengiz sathidan 2800 metr balandlikdagi “Oqsoy” hududidan topilgan.

Chimyonda adashib qolgan 2 kishi qutqarildi

 

“Chimyon” tog‘lariga dam olish maqsadida chiqib, adashib qolgan ikki nafar fuqaro FVB xodimlari tomonidan qutqarildi.

 

FVVning Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Amalga oshirilgan tezkor harakatlar natijasida yo‘ldan adashgan fuqarolar “Katta Chimyon” tog‘ining dengiz sathidan 2800 metr balandlikdagi “Oqsoy” hududidan topilib, maxsus asbob-anjomlar yordamida sog‘-salomat olib tushilgan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика