Joriy yilning 1-aprelidan boshlab chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun QQS bo‘yicha nol darajali stavka hisoblanishi bekor qilinadi.
Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi axborot xizmati ma’lum qilishicha, mazkur tartibni joriy etilishi bo‘yicha mas’ul Soliq organi tomonidan berilgan tushuntirishga ko‘ra, xizmat ko‘rsatuvchi korxona tomonidan ko‘rsatiladigan sanitar tozalash xizmatlari qiymatiga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi.
Ya’ni, masalan amaldagi xizmat qiymati 4000 so‘mni tashkil etsa, ushbu qiymatga nisbatan 1-apreldan boshlab 12 foiz miqdorda qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanganda jami xizmat qiymati 4480 so‘mni tashkil etadi.


