1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Chirchiqda 32 yoshli yigit janjal sabab vafot etdi

Hozirda hodisa bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Chirchiqda 32 yoshli yigit janjal sabab vafot etdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida fuqaroning tan jarohati olib vafot etgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Ushbu holat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilindi.

 

Aniqlanishicha, 5-mart kuni Chirchiq shahrida M.K. va D.X. ismli ikki fuqaro o‘rtasida spirtli ichimlik oldi-sotdisi tufayli janjal yuzaga kelgan. Mojaro davomida M.K. og‘ir tan jarohati olgan va keyinchalik shifoxonada vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badaniga og‘ir shikast yetkazish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

7-mart kuni fuqaro D.X.ga rasmiy ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llandi.

 

Hozirda OAV va jamoatchilik tomonidan ushbu holat bo‘yicha turli, tasdiqlanmagan talqinlar e’lon qilinmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика