1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Chirchiqda koptokni olmoqchi bo‘lgan 15 yoshli bola cho‘kib ketdi

Yaqinlari qidirgach, bolaning jasadi daryodan topilgan.

Chirchiqda koptokni olmoqchi bo‘lgan 15 yoshli bola cho‘kib ketdi

 

7-dekabr kuni Chirchiq daryosida voyaga yetmagan bola cho‘kib ketib, vafot etdi. Bu haqda zamon.uz‘ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar qildi.

 

Maʼlum qilinishicha, 8 dekabr kuni Chirchiq shahrida yashovchi shaxs IIBga murojaat qilib, 7 dekabr kuni farzandi yashash uyi oldida do‘stlari bilan futbol o‘ynash uchun chiqib ketib, bedarak yo‘qolganini bildirgan.

 

Aniqlanishicha, voyaga yetmagan shaxsning to‘pi Chirchiq daryosiga tushib ketgan. Bola ushbu to‘pni olayotgan vaqtda ehtiyotsizligi oqibatida suvga tushib, cho‘kib ketgan va bedarak yo‘qolgan. Keyinchalik bola o‘lik holda topilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика