Hodisa 2024 yil 18 may kuni "Chirchiq savdo baraka" MCHJga tegishli bo‘lgan shoxobcha temir yo‘lida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, bu yerda BN Grain and oil group MCHJ xodimlari ushbu vagonlardan yuk tushirish vaqtida temir yo‘l qurilmasi, “lebyodka” ishlash texnologiyasiga rioya qilishmagan.
Mazkur yuk vagonlarini tushirish vaqtida yuqoridagi tashkilot xodimlari lebyodka yordamida (kerakli texnikaga rioya qilmasdan) vagonlarni tortib olishga uringan. Shu payt qurilmadan tros uzilib, vagonlar harakatlana boshlagan.
Vaziyat davomida MCHJ xodimlari vagonlar harakatini to‘xtatishga urinib ko‘rishgan va natijada ikkita vagon g‘ildiraklaridan butunlay chiqib ketgan, yana beshtasi yon tomonga ag‘darilib ketgan.


