Maʼlumki, 18 noyabr kuni “Chiroqchi tumani hududidagi 32 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarini yangi tashkil etilayotgan Ko‘kdala tumani tarkibiga o‘tkazish haqida”gi Chiroqchi tumani hokimining qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq Chiroqchi tumanidagi “Ayritom”, “Baxt”, “Beglamish”, “Ko‘kdala”, “Qanotli”, “Naymansaroy” hamda “Oltin boshoq”, “Oltin dala”, “Paxtalisoy”, “Soybo‘yi”, “Taloqtepa”, “Toshli” nomli mahalla fuqarolar yig‘inlari yangi tuman tarkibiga qo‘shiladi.
Bundan tashqari, “Umakay”, “O‘tamayli”, “Xarduri”, “Xo‘jaobod”, “Xushali”, “Chorvador”, “Sho‘rbozor”, “Sho‘rquduq”, “Eski anxor”, “Torjilg‘a”, “Guliston”, “Annaruz”, “Zum”, “G‘allakor”, “Qumdaryo”, “Suvliq”, “To‘qmor”, “Uymovut”, “Chiyal” va “Chuvulloq” kabi MFY lar ham Ko‘kdala tumani tarkibiga o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining ayrim chegaralari Toshkent shahri hududiga o‘tkazilishi hamda Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralari o‘zgartirilishi haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


