1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Cho‘kib ketgan “Titan”ga egalik qiluvchi kompaniya faoliyatini to‘xtatdi

OceanGate kompaniyasi barcha tijorat operatsiyalari to‘xtatilganini eʼlon qildi.

Cho‘kib ketgan “Titan”ga egalik qiluvchi kompaniya faoliyatini to‘xtatdi

 

Atlantika okeanida halokatga uchragan “Titan” suv osti kemasiga egalik qiluvchi OceanGate Expeditions kompaniyasi faoliyatini to‘xtatganini maʼlum qildi.  

 

"OceanGate batiskaflarning barcha razvedka va tijorat operatsiyalarini to‘xtatdi", — deyiladi kompaniya veb-saytida. 

 

19-iyun kuni bortida besh kishi bo‘lgan “Titan” batiskafi "Titanik" kemasining Atlantika okeanida g‘arq bo‘lgan joyiga ekspeditsiya vaqtida g‘oyib bo‘lgan edi. 

 

22-iyun kuni AQSH qirg‘oq xavfsizligi qidiruv guruhi aʼzolari batiskaf bo‘laklari topilgani haqida xabar berdi. Ularning holati suv osti kemasida ichkariga yo‘naltirilgan portlash sodir bo‘lganini ko‘rsatdi. Taxminlarga ko‘ra, uning bortidagi odamlar bir zumda halok bo‘lgan. 

 

"Titanik" 1912-yil 15-aprelda Sauthemptondan Nyu-Yorkka ketayotganda aysberg bilan to‘qnashib, cho‘kib ketgan. Hodisa oqibatida 1,5 mingga yaqin odam halok bo‘lgan edi. 

 

OceanGate kompaniyasi "Titanik" kemasi g‘arq bo‘lgan hududga ekspeditsiya uyushtirish bilan shug‘ullangan. Suv osti turistlari kema qoldiqlarini tomosha qilish uchun 250 ming dollarga chipta sotib olishgan. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика