Avvalroq 11-iyul kuni soat 14:00 lar atrofida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasining 10 gektardan 20 gektargacha bo‘lgan Maydontol va Laylakchi bo‘limlari hududida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
FVV xabariga ko‘ra, yong‘in 11-iyul kuni soat 20:00 da to‘liq bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, yong‘inni bartaraf etishga Favqulodda vaziyatlar vazirligining O‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus otryadi xodimlari, Mudofaa, Ichki ishlar, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirliklari, DXX Chegara qo‘shinlari va tuman FVDT quyi tizimiga kiruvchi xizmatlar kuch va vositalari jalb etilgan.


