Telekanal manbalariga ko‘ra, AQSH prezidenti maʼmuriyati Rossiyaning harakatlarini ochiqchasiga qoralaydi.
Manbalarning taʼkidlashicha, Amerika rasmiylarining eʼtibori “Kremlning tashviqot harakatlarining asosiy elementi” deb hisoblangan Rossiyaning RT telekanaliga, shuningdek, Ijtimoiy loyihalashtirish agentligiga qaratilgan. Bularning ikkalasi allaqachon AQSH sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan.
Qo‘shma Shtatlar hukumati Rossiyaning 2016 yilgi prezidentlik sayloviga aralashuvini tekshirayotgan edi. Tergov Rossiya saylovlarga aralashgan, biroq Donald Tramp bilan til biriktirmagan degan xulosaga kelgan. 2018 yilda AQSH rasmiylari Yevgeniy Prigojin va uning “trollar fabrikasi”ga aloqador yana 12 kishini saylovlarga aralashishda aybladi. Rossiya tomoni har doim AQSH saylovlariga aralashuvni haqidagi ayblovlarni inkor etib keladi.


