CNN telekanali Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining zarba beruvchi uchuvchisiz dengiz dronlarini sinovdan o‘tkazayotgan maxfiy bazasi haqidagi reportajni e’lon qildi. Avvalroq Ukrainaning bunday uchuvchisiz uchoqlari ommaga namoyish etilmagan.
Kanalning ta'kidlashicha, dengiz dronining shakli keng kanoega o'xshaydi, uning uzunligi taxminan besh metrni tashkil qiladi. Jurnalistlar tomonidan o‘rganilgan dronlarning so‘nggi versiyalari og‘irligi bir tonnagacha, jangavor kallagining og‘irligi esa 300 kilogrammgacha bo'lishi mumkin. Dron 800 kilometrgacha masofani bosib o'tishi mumkin, maksimal tezligi esa soatiga 80 kilometrgacha yetadi.
“Bunday kichik dronni topish va yo'q qilish juda mushkul”, — dedi dron ishlab chiqaruvchisi.
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinidan so‘ng dengiz uchuvchisiz qurilmalari ustida ish boshlandi, deydi anonimlikni so‘ragan dron ishlab chiqaruvchisi telekanalga.
Ukraina xavfsizlik xizmatlaridagi CNN manbalariga ko‘ra, harbiy-dengiz kuchlarining uchuvchisiz uchoqlari anneksiya qilingan Qrimga hujumlarda, jumladan, 2023-yil iyulida Qrim ko‘prigiga zarba berishda kamida ikki marta ishlatilgan.


