Bu haqda Kazinform BMT yangiliklariga asoslanib xabar berdi.
So‘nggi statistikaga ko‘ra, dunyoda COVID-19 pandemiyasi tufayli to‘rt milliondan ortiq kishi vafot etgan.
– Virus qanchalik keng tarqaladigan bo‘lsa, shunchalik yuqumli, o‘limga olib keladigan va mavjud vaksinalarning samaradorligini kamaytiradigan shtammlar paydo bo‘ladi. Millionlab odamlar xavf ostida qoladi, – dedi BMT rahbari.
Shuningdek, Antoniu Guterrish global emlash rejasini amalga oshirish uchun favqulodda ishchi guruhini tuzishga chaqirdi.
Uning taʼkidlashicha, vaksina ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan barcha davlatlar, shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, tegishli farmatsevtika kompaniyalari va xalqaro moliya institutlari hamkorlikda ish olib borishi kerak.


