1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

COVID‘dan so‘ng bemorlarda kuzatilayotgan olti xavfli asoratni bilasizmi?

Kasallik shu davrgvcha qariyb 6,8 million kishini hayotdan olib ketdi.

COVID‘dan so‘ng bemorlarda kuzatilayotgan olti xavfli asoratni bilasizmi?

 

Virus Yer yuzi bo‘yicha oyiga 80-90 ming odamning o‘limiga sabab bo‘lyapti. Shu bois Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti SOVID-19 pandemiyasini yana uch oyga uzaytirishga majbur bo‘ldi.

 

Boz ustiga, so‘nggi oylarda turli mintaqalarda “omikron” shtammining ХBB.1.5 subvarianti keng tarqalmoqda. U hozirgacha bizga maʼlum mutatsiyalar orasida eng yuquvchani sifatida baholanyapti.

 

Ammo mutaxassislarni tashvishga solayotgan omil shundangina iborat emas. Negaki, bu dard vaqt o‘tishi bilan qator xavfli asoratlarini ham namoyon qilmoqda.

 

Shulardan eng ko‘p uchrayotgani — tromboz. U ortiqcha vazn, semizlik va qandli diabet kabi metabolik kasalliklardan aziyat chekuvchi bemorlarda ayniqsa, ko‘p kuzatilyapti.

 

Ikinchi xavfli asorat — yurak faoliyati buzilishi. Gap shundaki, virus qon tomirlari, o‘pka, yurak va boshqa organlar to‘qimalariga kirgach, ularni yo‘q qilib, yallig‘lanishni keltirib chiqarmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, miokardit yuzaga kelishiga sabab bo‘lyapti.

 

Uchinchi xavfli asorat — depressiya va xotira susayishi. Pandemiya boshlanganidan buyon shifokorlar COVID-19‘ni boshdan o‘tkazgan bemorlarda xuddi shu alomatlarni qayd etishmoqda.

 

To‘rtinchi xavfli asorat — insult. Bu mazkur infeksiya oqibatida miya tomirlarida kuzatilayotgan yallig‘lanish jarayoni bilan bog‘liq.

 

Beshinchi xavfli asorat — o‘pka fibrozi. Koronavirusli pnevmoniyaga chalingan bemorlarda tegishli muolajalardan so‘ng, o‘pkada chandiqlar hosil bo‘lib, bu nafas olish samaradorligi pasayishiga olib keladi.

 

Oltinchi xavfli asorat — son suyagi, yelka, tizza bo‘g‘imlari yemirilishi bilan kechmoqda. Oqibatda endoprotezlash amaliyotiga muhtoj bemorlar soni ko‘paymoqda.

 

Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, koronavirusga qarshi emlanish nafaqat uning yuqishi yoki og‘ir kechishi, balki xavfli asoratlaridan ham ishonchli himoyalaydi. Ayniqsa, katta yoshli insonlar, surunkali kasallikka chalingan va immuniteti zaif kishilar, birinchi navbatda, vaksina olishlari lozim.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика