1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Dam olish kuni yana bittaga ko‘paydi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Dam olish kuni yana bittaga ko‘paydi

 

11-noyabr ishlanmaydigan bayram kuni sifatida belgilanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 11 noyabrdagi O‘zbekiston kasaba uyushmalari xodimlari va aʼzolariga yo‘llangan bayram tabrigida 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuniga mehnatkashlar bayrami, umumxalq bayrami maqomini berish va ushbu kunni dam olish kuni deb belgilash taklif etilgan edi.

 

Shundan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

 

Mazkur qonun loyihasi Qonunchilik palatasining bugungi majlisida ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi. Ushbu qonun loyihasi bilan 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini ishlanmaydigan bayram kuni sifatida belgilash nazarda tutilmoqda.

 

Deputatlar qonun loyihasining qabul qilinishi xodimlarning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini taʼminlash tizimini yana-da kuchaytirishga xizmat qilishini taʼkidlab, uni qabul qildilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика