1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Dam olish kunlari havo harorati +10 darajagacha ko‘tariladi

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik saqlanib turadi

Dam olish kunlari havo harorati +10 darajagacha ko‘tariladi

 

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun O‘zbekiston hududiga nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning sharqiy hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati kunduzi +5...+10 darajadan, shimolda -2...- 3 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

 

Ertaga faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik saqlanib turadi. O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Ko‘pchilik hududlarda havo harorati kechasi -5....0 darajagacha pasayadi, kunduzi +3...+8 darajani, shimolda kechasi -13...- 8 darajani, kunduzi 0...+5 darajani tashkil etadi.

 

Yakshanba kuni mamlakat hududida ochiq va quyoshli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechasi -5...0 daraja atrofida bo‘lishi saqlanib turadi. Kunduzi +7...+10 darajagacha ko‘tariladi. Respublika shimolida kechasi -10...-5 darajagacha, kunduzi +2...+7 darajagacha bo‘ladi. 20-21 yanvarda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s.gacha kuchayishi mumkin.

 

Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida ushbu kunlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

 

Poytaxtda bugun vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi +5...+7 darajadan yuqori bo‘lmaydi. Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol tezligi 3-8 m/s atrofida bo‘ladi. Kechasi havo harorati -3...-1 darajagacha pasayadi, kunduzi +4...+7 daraja atrofida bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика