O‘zgidromet xabariga ko‘ra, shanba kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
O‘zbekistonning ko‘pchilik hududlarida (Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining shimoli-g‘arbiy hududlaridan tashqari) yakshanba kuni yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Bugun va ertaga kunduz kunlari havo harorati 7-10 daraja iliqqacha isiydi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat 3-6 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat asosan kechalari 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 fevral – yakshanba kuni ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
Respublika bo‘yicha baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.
Toshkentda bugun biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ertaga 15 fevral kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16 fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Bugun va ertaga kunduzi harorat 7-10 daraja iliq bo‘ladi. 16 fevral- yakshanba kuni 3-6 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat asosan kechalari 0-3 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.


