1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida bugun va yakshanba kuni yogʻingarchilik kutilmaydi.

Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

 

Ushbu haftaning birinchi yarmida qor va sovuq ob-havo olib kelgan sovuq antitsiklon Oʻzbekiston hududidan tez chekinmoqda. Respublika hududining katta qismida harorat kechalari 0-5 daraja sovuqqacha kuchsizlashadi, bugun kunduzi esa havo 4-9 daraja iliqqacha isiydi. Respublikaning shimolida ham havo iliqlashadi, ammo kunduz kuni hali ham harorat 3-8 daraja sovuq atrofida boʻladi.

 

15-dekabr, juma kuni kunduzi Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning janubiy va janubi-gʻarbiy hududlarida kechga tomon baʼzi joylarda asosan yomgʻir koʻrinishidagi biroz yogʻingarchilik boʻladi. 16-dekabr, shanba kuni janubiy hududlardan nam havo massasi respublikaning markaziy hududlariga tarqaladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yomgʻir va qor koʻrinishida biroz yogʻingarchilik boʻladi. Kunduzgi havo harorati 0-5 daraja iliqqacha biroz pasayadi.

 

Togʻli hududlarda asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. 17-dekabr, yakshanba kuni respublikaning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kechasi harorat 0-5 daraja sovuq, shimolda 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushadi. Ayrim joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

Toshkent shahrida bugun va yakshanba kuni yogʻingarchilik kutilmaydi, shanba kuni vaqti-vaqti bilan biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat 15-dekabrda 6-8 daraja iliq, 16-17-dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 16-dekabrda 0-2 daraja iliq, 17-dekabrda 3-5 daraja iliq boʻladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика