Ijtimoiy tarmoqda “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini chetlab o‘tib, transport vositasiga yalt-yalt yonuvchi mayoqcha o‘rnatgan holda harakatlangani aks etgan videolavha tarqaldi.
Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB xodimlari surishtiruv olib borib, avtomobil haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 127-moddasi ikkinchi qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirishgan.
Shuningdek, uning avtomashinasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.


