1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Daniya va Shvetsiya Qurʼonni yoqishni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda

Bunga co‘nggi paytlarda muqaddas kitobga bo‘lgan hurmatsizliklar har ikki davlat uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqargani sabab bo‘lgan.

Daniya va Shvetsiya Qurʼonni yoqishni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda

 

Daniya va Shvetsiya hukumatlari so‘z va fikr erkinligi bo‘lgan o‘zlarining asosiy tamoyillarini buzmagan holda, Qurʼon va boshqa diniy matnlarni ommaviy ravishda yoqishni qanday qilib taqiqlash yoki cheklash masalasini ko‘rib chiqmoqda.  Bunga oxirgi paytlarda yuz bergan bir nechta shunday harakatlar har ikki davlat uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqargani sabab bo‘lgan.

 

Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lokke Rasmussen yakshanba kuni Daniyaning DR teleradiokompaniyasiga hukumat musulmon davlatlar elchixonalari oldida Qurʼonni yoqishni taqiqlashning qonuniy yo‘lini topmoqchi ekanini aytdi.

 

Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson ijtimoiy tarmoqlarda uning hukumati ham bunday harakatlarni taqiqlash yo‘llarini qidirayotgani va bu masalani Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bilan muhokama qilayotganini maʼlum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика