1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytiriladi

Daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytiriladi va IIV tizimida Ekologiya politsiyasi tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida maʼlum qilindi.

Daraxtlarni kesishga moratoriy 2024 yilga qadar uzaytiriladi

 

 

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, o‘tgan 6 oyda moratoriy davrida 316 ming dona qimmatbaho daraxtlar asrab qolingan.

 

 Biroq, shunga qaramasdan, o‘tgan davrda 2,8 mingta qimmatbaho va 2 mingdan ziyod kam qimmatli daraxtlar noqonuniy kesilgan.

 

 Shu bois, Toshkent shahri va viloyat markazlarida ekologiya politsiyasi tashkil etiladi. 

 

 Uning zimmasiga ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, jumladan daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakonyerlik, noqonuniy chiqindi tashlash kabi holatlarga qarshi profilaktika vazifalari yuklatiladi.

 

 Ekologiya politsiyasi Ichki ishlar tizimida faoliyat yuritadi.

 

 Shu bilan birga, ekologiya sohasida qo‘llaniladigan jarimalar miqdori 5 baravar, yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya miqdori 2 baravar oshiriladi.

 

 «Barcha rahbarlar bir narsani aniq eshitib olsin. Bundan buyon birorta «yashil hudud» va jamoat parkida har qanday daraxtlarni kesish qatʼiyan taqiqlanadi», — dedi Prezident.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq har bir tuman va shaharda daraxtlarni saqlash bo‘yicha 5 ta ishchidan iborat guruhlar tashkil etilishi haqida xabar bergandik.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика