Qayd etilishicha, 20-aprel kuni taxminan soat 10:40 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Abdulla Qodiriy va Maxatma Gandi ko‘chalari chorrahasida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori Farhod Sayhamatovni, A.t. boshqaruvidagi «Hyundai Sonata» rusumli, davlat raqam belgisi 01 990 QFA bo‘lgan avtomashina urib yuborgan.
Oqibatda, YPX inspektori olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


