1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Davlat bayrog‘idan foydalanilishi mumkin bo‘lgan holatlar kengaymoqda

Bu bo‘yicha qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Davlat bayrog‘idan foydalanilishi mumkin bo‘lgan holatlar kengaymoqda

 

“O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Qonun loyihasida, jumladan, quyidagi yangiliklar nazarda tutilgan:

 

Davlat bayrog‘idan foydalanilishi mumkin bo‘lgan holatlar kengaymoqda, jumladan:

 

—bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yashash yoki ish joylarida, transport salonida;

 

—bayroqdan sport musobaqalari, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarni nishonlashda, jamiyat va davlat arboblari, harbiy xizmatchilar dafn marosimlarida;

 

—bayroqning tasviri tushirilgan belgilardan ustki kiyim-kechakni bezatish yoki O‘zbekistonga tegishlilikni belgilash uchun tijoriy maqsadlarda foydalanish mumkin.

 

Bayroqqa nisbatan hurmatsizlik qilish holatlari aniq belgilanmoqda, xususan:

 

—bayroqdan va uning tasviri tushirilgan belgilardan yirtilgan, ifloslangan, teshilgan, rangi oqargan holda va boshqa nomaqbul tarzda foydalanish;

 

—biror-bir narsa uchun ustki yoping‘ich sifatida foydalanish (dafn marosimlarida foydalanish mustasno);

 

—stollarga, o‘rindiqlarga, stullarga to‘shash yoki tasvirlash, undan qoplama sifatida foydalanish, o‘tiriladigan boshqa joylarga yoki oyoq ostiga to‘shash yoki tasvirlash;

 

—kiyim-kechak, dastro‘mol yoki ko‘rpa-to‘shak sifatida, buyumlarni saqlash va tashish uchun foydalanish;

 

—bayroq tasviri tushirilgan belgilarni poyabzal, dastro‘mol, ko‘rpa-to‘shak, ichki kiyim-kechakga, sochiqlarga, qutilarga (o‘rovlarga), bir marta foydalanish va tashlab yuborish uchun mo‘ljallangan buyumlarga bosib chiqarishga yoki uning tasvirini boshqacha tarzda tushirish;

 

—bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan odob-ahloq qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid ravishda foydalanish mumkin emas.

 

Davlat bayrog‘idan va uning tasviri tushirilgan belgilardan yuqoridagi va Qonundagi boshqa talablarga muvofiq foydalanish uchun masʼuliyat bayroqdan foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslar, davlat organlari zimmasiga yuklatiladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика