1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Davlat notarial idoralari ishchilariga ovqatlanish xarajatlari qoplab beriladi

Ovqatlanish uchun har oylik to‘lov BHMning 2 baravarigacha bo`lishi mumkin.

Davlat notarial idoralari ishchilariga ovqatlanish xarajatlari qoplab beriladi

 

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining "Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qo‘shma qarori qabul qilindi.


Qaror bilan davlat notarial idoralari va Adliya vazirligi huzuridagi notarial arxivlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish turlari kengaytirilmoqda. Endilikda xodimlarga rasmiy bayram kunlari munosabati bilan bir marotabalik mukofot puli to‘lanishi, ularning ovqatlanish va yo‘lkira xarajatlari qoplanishi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy yordam ajratilishi mumkin.

 

Shuningdek ularning miqdori o‘rnatilmoqda:

 

  • bir marotabalik mukofot puli – bir oylik maosh miqdorigacha;

  • ovqatlanish uchun har oylik to‘lov – BHMning 2 baravarigacha;

  • yo‘lkira uchun kompensasiya – BHMning 1 baravarigacha;

  • qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun bir yilda bir marotaba (qoida tariqasida, kuz oylarida) moddiy yordam – BHMning 10 baravarigacha.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика