Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan to‘lovlar stavkalariga o‘zgartirish kiritildi.
Hujjatga ko'ra, 2023-yil 1-noyabrdan to‘lov stavkalari quyidagi miqdorda belgilandi:
- Avtotransport vositalariga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari (RO‘DRB) uchun – BHMning 3,5 baravari miqdorida;
- Mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga RO‘DRB uchun – BHMning 1,75 baravari miqdorida;
- Tranzit RO‘DRB uchun – BHMning 25 foizi miqdorida;
- Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun – BHMning 3,5 baravari miqdorida;
- Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun – BHMning 1,75 baravari miqdorida.
Shuningdek:
- yo‘qotilgan bir dona yoki bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi bir juft RO‘DRB berish uchun BHMning 3,5 baravari miqdorida undiriladi;
- yo‘qotilgan bir dona RO‘DRB (mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun) o‘rniga yangi bir dona RO‘DRB berish uchun BHMning 1,75 baravari miqdorida undiriladi;
- RO‘DRBni 12 oy muddatdan so‘ng yana bir yil muddatga saqlaganlik uchun BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi.
Yangi tartib 2023-yil 1-noyabrdan kuchga kiradi.


