1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Davlat xizmatchilarining eng kam yillik mehnat taʼtili 27 kunga uzaytirilishi mumkin

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi loyihasida yillik mehnat taʼtili bo‘yicha muddatlarni uzaytirish nazarda tutilmoqda.

Davlat xizmatchilarining eng kam yillik mehnat taʼtili 27 kunga uzaytirilishi mumkin

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan uch o‘qishda qabul qilinib, ayni damda Senatga jo‘natilgan kodeks matnida yillik mehnat taʼtili bo‘yicha bir qator yangiliklar mavjud.

 

Unga ko‘ra, yangi kodeksda xodimlarga yillik asosiy mehnat taʼtilining eng kam muddati sifatida 21 kalendar kun ko‘rsatilgan. Amaldagi kodeksda esa bu muddat kamida 15 ish kunini tashkil etadi.

 

Maʼlumot uchun: yangi kodeksda davlat xizmatchilariga beriladigan yillik asosiy uzaytirilgan mehnat taʼtilining aniq muddati belgilab qo‘yilmoqda. Yaʼni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xizmatchilariga davomiyligi 27 kalendar kun bo‘lgan har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtil berilishi mumkin.

 

Amaldagi tartibga ko‘ra, 15 ish kunidan iborat taʼtil davlat xizmatchilariga ham tatbiq qilib kelingan va bu muddat jamoa shartnomasiga ko‘ra beriladigan qo‘shimcha taʼtil hisobiga uzaytirilishi mumkin bo‘lgan. Kodeks ushbu ko‘rinishda qabul qilinsa, davlat xizmatchilari uchun kamida 27 kunlik mehnat taʼtili kafolatlanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, loyihaga ko‘ra, davlat xizmatchilarining ayrim toifalari uchun qonunlarda belgilangan yillik mehnat taʼtilining 27 kundan ham uzoqroq muddatlari o‘z kuchida qoldiriladi va 27 kunlik muddat ushbu uzaytirilgan taʼtillarga tatbiq etilmaydi.

 

 Bundan avval O‘zbekistonda byurokratiyaga yo‘l qo‘ygan 38 nafar amaldorga intizomiy chora ko‘rilgani hamda Senat tomonidan joriy yil uchun davlat byudjeti xarajatlariga oid hujjat tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика