Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus barcha mamlakatlarni aholining kamida 70 foizini koronavirusga qarshi emlash bilan taʼminlashga tayyor bo‘lishga va zarurat tug‘ilganda sanitariya cheklovlarini qaytadan joriy etishga tayyor turishga chaqirdi.
JSST maʼlumotlariga ko‘ra, emlash faqat 57 mamlakatda 70% ga yetgan va dunyoda o‘rtacha emlash darajasi 60% ni tashkil qiladi.
«Barcha mintaqalarda 70 ga yaqin mamlakatda COVID-19 yuqtirish haqida xabarlar soni ko‘paydi va bu dunyoda testlar keskin kamayib borayotgan bir paytda sodir bo‘lmoqda», — dedi u.
Gebreyesusning taʼkidlashicha, dunyoda koronavirus tarqalishi va surʼatini oldindan aytib bo‘lmaydi.
100% emlanishi kerak bo‘lgan eng zaif guruhlar - bu tibbiyot mutaxassislari, 60 yoshdan oshgan odamlar va surunkali kasalligi bor kishilar.
Maʼlumot o‘rnida: 31 may holatiga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyani yuqtirgan 532 210 230 ta holat qayd etilgan. O‘tgan sutkada virusni yuqtirganlar soni 387 804 kishiga ko‘paydi. Dunyoda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlarning umumiy soni 6 312 017 kishini tashkil etadi. Bundan tashqari, bugungi kunda 691 ta o‘lim qayd etilgan. Virusdan to‘liq davolanganlar soni 503 169 548 kishi tashkil etadi.


