Toshkent tumanida joylashgan O‘rmon xo‘jaligi agentligi huzuridagi “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi (“Dendropark”)da noqonuniy tarzda egallab olingan binolar tegishli sud qarori asosida buzilmoqda.
Avvalroq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Bosh prokuratura va boshqa mutasaddi davlat idoralari bilan hamkorlikda “Dendropark”da daraxtlarni nobud qilish, yer ajratish va undan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ko‘plab holatlar aniqlangan. Shundan so‘ng Bosh prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.


