1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Denovda hamshira qizi oldida kaltaklandi

Holat bo‘yicha SSV ma’lumot berdi.

Denovda hamshira qizi oldida kaltaklandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi shifoxonada hamshiraning farzandi oldida vahshiylarcha kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Denov tuman sil kasalliklar shifoxonasi bosh hamshirasi D.I. va mazkur davolash muassasasi fizioterapiya bo‘limi hamshirasi S.T.ning shaxsiy adovati sabab joriy yil 18 oktyabr kuni ertalab soat 10:00 lar atrofida ziddiyatli holat yuzaga kelgan. Ushbu holatga S.T.ning yaqinlari ham aralashib, shifoxona bosh hamshirasiga tan jarohati yetkazgan. 

 

Tibbiyot xodimlarining odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakatlarni sodir etgan hamshiralar vaqtincha ishdan chetlashtirilgan. Shu bilan birga kaltaklangan hamshira qizining ruhiy holati va sog‘lig‘i mutaxassislar nazoratiga olingan.

 

Ayni paytda huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu holat  yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilib, voqea sabablari aniqlanmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика