21-yanvar kuni AQSH dori vositalari va oziq-ovqat bozorini nazorat qilish Federal boshqarmasi depressiyani davolash uchun burun spreyi tasdiqlaganini maʼlum qildi.
Asosiy depressiv buzulish (MDD) AQSHda eng keng tarqalgan ruhiy kasalliklardan biri bo‘lib, mamlakatda 21 millionga yaqin fuqarolari undan aziyat chekmoqda. MDD tufayli ish tartibining buzilishi iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazmoqda, shuning uchun ko‘proq kompaniyalar klinik depressiya bilan og‘rigan odamlarni nojo‘ya taʼsirlarni keltirib chiqarmasdan davolaydigan yoki hech bo‘lmaganda yengillashtiradigan dori-darmonlarni ishlab chiqish ustida ishlamoqda.
“Spravato” tarkibidagi asosiy faol modda esketamin bo‘lib, og‘iz orqali qabul qilingan boshqa antidepressantlar bilan birgalikda depressiyani davolashda qo‘shimcha komponent sifatida 2019 yilda AQSHda foydalanish uchun tasdiqlangan.
Komila Odilova tayyorladi


