1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ogohlantirish bilan chiqdi

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Haj safariga oid turli reklamalar bilan bong urilmoqda.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ogohlantirish bilan chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita aholini turli firmalarning Haj safariga jo‘natish haqidagi reklamalariga aldanmaslikka chaqirdi.

 

“Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Falon firma bilan haj qiling!”, “Haj safari uchun sanoqli joy qoldi!”, “Haj uchun yarim narxni to‘lang!” kabi jimjimador sarlavha ostidagi reklamalar ko‘paymoqda. Ayrimlar umra vizasi, turistik (ziyorat) viza, biznes viza bilan haj qilishni vaʼda qilmoqda, buning mutlaqo imkoni yo‘q!” deyiladi Qo‘mita xabarida.

 

Taʼkidlanishicha, saudiya Arabistonida Haj amallarini bajarish uchun “Haj-2023” vizasi talab qilinadi. Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq chet el fuqarolari uchun haj ibodatini ado etishning asosiy sharti haj vizasiga ega bo‘lish hisoblanadi. Qolgan barcha turdagi vizalar (umra, turizm, biznes, ziyorat va b.lar) bilan haj tadbirini amalga oshirish Caudiya qonunchiligiga ko‘ra qatʼiyan taqiqlangan va tegishli tartibda jazolanadi.

 

“Unutmang! O‘zbekiston uchun ajratilgan haj kvotasi faqatgina Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etiladigan Haj safariga otlangan ziyoratchilarga ajratilgan. Shunday ekan, ayrimlarning O‘zbekiston orqali Haj safariga jo‘natamiz, degan aldovlariga uchmang! Ular fuqarolarimizni boshqa davlatlar orqali noqonuniy tarzda olib ketishga urinmoqda. Bu esa qonuniy asosga ega bo‘lmagan va haj tashkil etishga vakolati yo‘q kimsalarning urinishidir. Kezi kelganda aytib o‘tish kerak-ki, bu kabi hatti-harakatlar Saudiya Arabistoni Podshohligi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida qatʼiy chora ko‘rilishiga sabab bo‘ladi”, deya ogohlantirgan Qo‘mita.

 

Maʼlum qilinishicha, muborak safarlarga noqonuniy yo‘llar bilan borishga intilish Saudiya Arabistonidan deport qilish va Saudiya Arabistoniga har qanday viza bilan 10 yil muddatga kirishni taqiqlash hamda 100 000 Saudiya riyoli (26 000 AQSH dollari) miqdorida jarima solishga olib keladi.

 

“Shuni alohida taʼkidlash kerakki, yurtimizda “Haj” tadbiri Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi 364-sonli “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra, haj tadbirini tashkil etish vazifasi sayyohlik firmasi yoki turagentliklar vakolatiga kirmaydi”, deya qo‘shimcha qilinadi bayonotda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика