Bugun O‘zbekiston san’ati va kulgu olami og‘ir yo‘qotishga uchradi. Ko‘plab muxlislar mehrini qozongan, iste’dodli san’atkor, “Dizayn” shou jamoasi a’zosi Dilshodbek Musabekov vafot etdi. Xabarni Zamon.uzga Madaniyat vazirligi tasdiqladi. Marhumning o'lim sabablari hozircha noma'lum.
Marhum o‘zining betakror hazillari, sahnadagi tabiiyligi va samimiy ijodi bilan keng jamoatchilik qalbidan chuqur joy olgan edi. Uning vafoti nafaqat yaqinlari, balki san’at ahli hamda minglab muxlislari uchun katta yo‘qotish bo‘ldi.
Zamon.uz jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiriladi.


