1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

"Dok-1 Max"ni olib kirgan firma dorilari hamon sotilmoqda

Bu bo‘yicha «Sirli mijoz» ko‘rinishida monitoring o‘tkazilgani aytilmoqda.

"Dok-1 Max"ni olib kirgan firma dorilari hamon sotilmoqda

 

SSV yanvar boshida dorixonalarga Quramax kompaniyasi tomonidan olib kiriladigan barcha dori vositalarining mamlakatga sotilishini to‘xtatishni buyurgandi.
 

“Yuksalish” umummilliy harakatining maʼlum qilishicha, mamlakat dorixonalarida hamon ushbu kompaniyaning taqiqlangan dorilari sotilmoqda.

 

Maʼlum bo‘lishicha, 26—27-yanvar kunlari “Yuksalish” umummilliy harakati respublikamiz hududlaridagi dorixonalarda taqiqlangan dori vositalarining sotilishini o‘rganish maqsadida monitoring o‘tkazgan. «Sirli mijoz» ko‘rinishidagi monitoring O‘zbekiston bo‘ylab 308 ta dorixonani qamrab olgan.

 

Natijada hududlarda dorixona xodimlari taqiqlangan dori vositalari sotilmasligi haqida xabardor qilingani maʼlum bo‘lgan. Isteʼmolchilar huquqlarini ximoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, patronaj xizmatlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda, sotuvdan chiqarilgan dori vositalari ro‘yxati tarqatilmoqda. Aksariyat dorixonalarda taqiqlangan dori vositalari sotuvdan olib qo‘yilgan, biroq omborlarda hamon saqlanayotgani aniqlangan.

 

Monitoringda maʼlum bo‘lishicha, ayrim dorixonalarda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan sotuvi to‘xtatilgan dori vositalari erkin sotuvda mavjud. Xususan, Qashqadaryo viloyati va Surxondaryo viloyatining ayrim dorixonalarida Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Nolgripp Junior» yo‘talga qarshi siropi, “Travamaks”, “Nolgripp” va “Sinepar” tabletkalari va pastillarini hali ham xarid qilish mumkin. Aholi ushbu dori-darmonlarni yuz bergan fojiali holatlar, sog‘liq va hayot uchun ehtimoliy xavflarga qaramay, avvalgidek sotib olayotgani aniqlangan.

 

Shu munosabat bilan “Yuksalish” quyidagilarga chaqiradi:

 

  • birinchidan, aholi, ayniqsa, chekka qishloqlar, poliklinikalar o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini o‘tkazish;
     

  • ikkinchidan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan savdosi to‘xtatilgan va sud tomonidan taqiqlangan dori vositalari ro‘yxatini barcha dorixonalarning ko‘rinadigan joyiga joylashtirish;
     

  • uchinchidan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan savdosi to‘xtatilgan va sud tomonidan taqiqlangan, lekin omborlarda saqlanayotgan barcha dorilarni, tadbirkorlarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash masalasini ko‘rib chiqqan holda, yo‘q qilinishini taʼminlash.

 

Monitoring natijalari bo‘yicha materiallar (dorixonalar manzillari, cheklar) chora ko‘rilishi uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga taqdim etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика