Bobur yurti Andijonning eng xushmanzara go‘shasi Xonobod shahrida “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada sanʼati festivali boshlandi.
Festivalda Rossiya, Fransiya, Germaniya, Shvetsiya, Chexiya, Bolgariya, Latviya, Polsha, Gretsiya, Serbiya singari dunyodagi bir qator davlatlarning estrada sanʼati guruhlari, xonandalari ishtirok etib, o‘zlarining milliy sanʼatlarini namoyish etmoqda.
Mehmonlar bugun dunyoga mashhur “Doktor Alban”, "Boney M" disko-guruhi hamda "Otawan" guruhlarining chiqishlaridan bahramand bo‘ldi.
Xonobod shahrining markaziy madaniyat va istirohat bog‘ida o‘zlari uchun ajratilgan maydonlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda yurtimiz viloyatlaridan tashrif buyurgan ijodiy guruhlar, hunarmandlar o‘zlarining o‘ziga xos sanʼati hamda hunarmandchilik anʼanalarini namoyish etmoqda.
Festivalda respublikamizning har bir viloyati nafaqat sanʼat, balki turizm, hunarmandchilik yo‘nalishidagi imkoniyat va salohiyatini namoyon etadi.


