O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 12,63 so‘mga ko‘tarilib, 12 ming 084,84 so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 12,63 so‘mga ko‘tarilib, 12 ming 084,84 so‘mni tashkil etgan. 1 yevro kursi 13 ming 068,55 so‘mga baholanib, 20,91 so‘mga ko‘tarilgan.
Shuningdek, 1 rubl 126,52 so‘m etib belgilanib, 0,004 so‘mga arzonlashdi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 30 avgust, chorshanba kunidan kuchga kiradi.


