O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 11,82 so‘mga ko‘tarilib, 12 ming 078,01 so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 14,82 so‘mga ko‘tarilib, 12 ming 078 so‘mni tashkil etgan. 1 yevro kursi 13 ming 127,59 so‘mga baholanib, 6,81 so‘mga ko‘tarilgan.
Shuningdek, 1 rubl 129,50 so‘m etib belgilanib, 0,52 so‘mga arzonlashdi.
Maʼlumot uchun, ushbu almashuv kurslari 21-avgust, dushanba kunidan kuchga kiradi.


