Oxirgi oylarda dollar miqdori keskin tushishi davom etayotgan edi, ammo 15-dekabrda dollar kursining ko‘tarilishi ketma-ket 8 ish kunidan buyon o‘sib kelmoqda. Bunday o‘sish so‘nggi marta 2023 yilda sodir bo‘lgan. Ammo o‘sish surʼati pastroq bo‘lib, 100 so‘mga ham bormagan edi.
Oxirgi ketma-ket 8 kunlik o‘sish esa dollar kursi 250 so‘mga yaqin ko‘tarilgan. Hozirda rasmiy kurs 12 ming 130 so‘m bilan ikki oylik eng yuqori darajaga chiqdi.
Dollar kursining o‘sishi kuzatilayotgan bo‘lsa-da, biroq u boshqa valyutalarga nisbatan qadrsizlanmoqda. Misol uchun tenge, rubl va o‘zbek so‘miga nisbatan qadrsizlanmoqda.
Bankir‘ning yozishicha, so‘mning qadrsizlanishiga yil oxiriga kelib pul o‘tkazmalarining sezilarli qisqargani sabab bo‘ldi deyish mumkin.
Noyabr oyida O‘zbekistonga kirib kelayotgan xorijiy pul o‘tkazmalari qariyb 400 mln dollarga qisqargan.
Bundan tashqari, o‘tgan oyda oltin narxining o‘sib borishi so‘mga nisbatan bosim paydo qilgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq zamon.uz muxbiri oltin narxining keskin oshib borayotgani va shunday vaziyatda dollar narxining keskin tushib borayotgani haqida va bu holat bozorlarga taʼsir qilmayotgani haqida video material eʼlon qilgan edi.


