1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Dollar rekord darajada ko‘tarildi

Faqat 2 ta bank arzon narxlarni taklif qilmoqda.

Dollar rekord  darajada ko‘tarildi

 

Bugun, 22-fevraldan O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklarida AQSH dollarining sotuv kursi birdaniga 50 so‘mga qimmatlashib, 10 945 so‘mgacha ko‘tarildi.

 

Bu mamlakatda dollar kursi tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

 

Aksariyat banklar amerika valyutasini 10 940 so‘mdan, ayrimlari esa 10 945 so‘mdan sotishni boshladi. Xarid qilish narxi esa 10 835 – 10 880 so‘m karidorida bo‘lmoqda.

 

Dollar arzonroq narxlarda sotilayotgan banklar “Kapitalbank” va “Asakabank” bo‘lib – 10 900 so‘m.

 

Eng arzon narxlarni esa Milliy bank va “Universalbank” taklif qilmoqda – 10 880 so‘m.

 

Kecha, 21 fevral kuni Markaziy bank dollarning rasmiy kursini 46 so‘m 85 tiyinga ko‘tarib yubordi va 1 AQSH dollarining narxini 10 888,07 so‘m etib belgiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика