1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

DSQda “tozalash”: 13 ta davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishdan bo‘shatildi

Shuningdek, 40 dan ziyod rahbar xodimga intizomiy choralar ko‘rildi.

DSQda “tozalash”: 13 ta davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishdan bo‘shatildi

 

Qo‘mitaning xabar berishicha, Andijon, Olot, Zomin, Paxtakor, Forish, Uchqo‘rg‘on, Qo‘shrabot, Urgut, Jarqo‘rg‘on, Termiz, Sirdaryo, Guliston tumanlari hamda Yangiyer shahar davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari lavozimidan ozod etildi.

 

Shuningdek, soliq qarzini majburiy undirishga qaratishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun Asaka, Chiroqchi, Mingbuloq, Urgut, Mirzaobod, Sardoba, Bag‘dod, Qumqo‘rg‘on tumanlari hamda Quvasoy va Jizzax shahar davlat soliq inspeksiyalari bo‘lim boshliqlari lavozimidan ozod etildi.

 

Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida “Soliq hamkor” tizimi orqali tushgan murojaatlar bilan ishlash hamda ushbu yo‘nalishda nazorat tadbirlarini amalga oshirishdagi jiddiy xato va kamchiliklari uchun Nukus, Jizzax va Andijon shaharlari, G‘ijduvon, Chiroqchi, Karmana, Pop, Urgut hamda Bekobod tumani davlat soliq inspeksiyalari Sayyor soliq tekshiruvlari bo‘lim boshliqlari ham lavozimidan ozod etildi.

 

Qashqadaryo va Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmalari, Kogon hamda Andijon shahar davlat soliq inspeksiyasi rahbarlariga nisbatan navbatdagi intizomiy jazo choralari belgilandi, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика