1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dubay shahzodasi Burj Xalifadan sakradi

Bu ekstremal sportchilar bilan amalga oshirilgan.

Dubay shahzodasi Burj Xalifadan sakradi

 

Dubay valiahd shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad bin Roshid Ol Maktum dunyodagi eng baland bino-Burj Xalifadan parashyutda sakradi. Jasoratli sakrash aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda katta e’tibor qozonib, Instagram’da allaqachon 6 milliondan ortiq tomosha qilindi.

 

Shahzoda ekstremal sportga qiziquvchilar bilan birgalikda bu hayajonli tajribani boshdan kechirdi. U 15 ta mamlakatdan kelgan 31 nafar sportchi bilan Burj Xalifaning 139-qavatidan sakradi. Xabarlarga ko‘ra, ular ikki kun davomida maxsus jihozlangan platformadan jami 437 marta parashyutda sakrashgan.

 

Sakrash uchun maxsus platforma Burj Xalifaning 139-qavatidan olti metr yuqoriroqqa joylashtirilgan bo‘lib, unda  “139-chiqish” deb yozilgan. Videoda shahzoda va ekstremallar havoga sho‘ng‘iyotgani, Dubayning manzarasini osmondan tomosha qilish mumkinligi aks etgan.

 

Ma’lum qilinishicha, Burj Xalifadan parashyutda sakrash bo‘yicha ilk festival 2014-yilda tashkil etilgan. O‘shandan beri bu an’ana ekstremal sport ixlosmandlari orasida katta qiziqish uyg‘otib kelmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика