1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Dubayda qarovsiz qolgan voyaga yetmagan bolalar Toshkentga olib kelindi

Bolalarning onasi BAAda hibsxonada saqlanayotgan bo‘lgan.

Dubayda qarovsiz qolgan voyaga yetmagan bolalar Toshkentga olib kelindi

 

O‘zbekistoning Dubaydagi Bosh konsulxonasi shu davlatda istiqomat qilayotgan faol vatandoshlar, Amirlikdagi “Ayollar va bolalarga yordam ko‘rsatish markazi” xayriya tashkiloti hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida 3 nafar qarovsiz qolgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarolari Toshkentga olib kelindi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA.

 

Maʼlum qilinishicha, 2022-yilning aprel oyidan buyon Dubaydagi hibisxonada saqlanilayotgan O‘zbekiston fuqorosi D.S. qarovsiz qolgan 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari Bosh konsulxona ishtirokida uy-joy, oziq-ovqat va boshqa kerakli narsalar bilan taʼminlab kelingan.

 

Vakolatxona tomonidan BAA Tashqi ishlar vazirligi va maxalliy politsiya vakillari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida D.S. va uning 3 nafar farzandlari o‘rtasida onalikni belgilash bo‘yicha DNK tekshiruvlari qayd qilinib, natijada fuqaromiz uchala bolaning biologik onasi ekanligi aniqlandi.

 

Shundan so‘ng uning farzandlariga mahalliy idoralar tomonidan tug‘ilganlik haqida guvohnomalar rasmiylashtirilib, O‘zbekistonga qaytish guvohnomasi asosida Dubay–Toshkent aviaqatnovi bilan O‘zbekistonga qaytarilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика