1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Dunyo yana-da odil bo‘lishi mumkin"

Erdo‘g‘onning dunyo tillariga tarjima qilingan kitobi o‘zbek tilida ham chop etildi.

"Dunyo yana-da odil bo‘lishi mumkin"

 

Bugun Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on rasmiy tashrif bilan yurtimizga tashrif buyurishi kutilmoqda. Ushbu oliy darajadagi tashrif arafasida Erdo‘g‘onning "Dunyo yana-da odil bo‘lishi mumkin" (Daha Adil Dünya Mümkün) nomli kitobi ikkinchi bor o‘zbek tilida nashr etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

 

Kitobni o‘zbekchaga o‘girgan tarjimon Maʼrufjon Yo‘ldoshevning aytishicha, "Dunyo yana-da odil bo‘lishi mumkin" kitobi birinchi marta prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi oldidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib chop etilgan edi. Yaqinda esa "Yangi asr avlodi" nashriyoti cheklangan miqdorda chiqqan kitobni ko‘p nusxada nashr qilishni taklif qildi.

 

Kitobda dunyo bo‘ylab kuzatilayotgan adolatsizlik, migratsiya inqirozi, xalqaro terrorizm, islomofobiya, siyosiy munofiqlik kabi illatlar xususida so‘z yuritiladi.  Asarda «Bugun insoniyat uchun eng zarur qadriyat bu – adolatdir» degan g‘oya ilgari suriladi.

 

"Murg‘ak bolalar o‘ldirilayotgan dunyoda hech kim o‘zini aybsiz deya olmaydi", — deb yozadi muallif.

 

Erdo‘g‘on kurrai arzdagi jiddiy muammolarni sanar ekan, BMT ularni hal etishga ojizlik qilayotganiga eʼtibor qaratadi va xalqaro tuzilmani isloh etishga chaqiradi.

 

Turk tilida yozilgan asar ingliz, arab, olmon, fransuz, rus, ispan kabi ko‘plab tillarga tarjima qilingan va dunyo bo‘ylab ommalashgan. Kitob sotuvidan tushgan mablag‘ Turkiya hukumati huzuridagi favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashish boshqarmasiga (AFAD) o‘tkazilishi maʼlum qilingan.

 

Maʼulumot uchun: "Dunyo yana-da odil bo‘lishi mumkin" kitobi 2021 yil sentyabr oyida chop etilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 12 noyabr kuni Istanbulda Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashuvda "Dunyo yana-da odil bo‘lishi mumkin" kitobining ilk nashrini hamkasbiga sovg‘a qilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика