1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dunyoda 10 haftaga yetadigan bug‘doy zaxirasi qoldi

Rossiya–Ukraina mojarosi sabab 1,7 mlrd odam och qolishi mumkin.

Dunyoda 10 haftaga yetadigan bug‘doy zaxirasi qoldi

 

BMT Xavfsizlik kengashida “Gro Intelligence” tahliliy kompaniyasi bosh direktori Sara Menker dunyoda 10 haftaga yetarli  bug‘doy qolganini ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra,  jahon bozoriga bug‘doyning uchdan bir qismini yetkazib beradigan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush “uzoq vaqtdan beri yonayotgan olovga faqat yog‘ qo‘shgan”. Bu orada yana bir yirik ta’minotchi Hindiston ham bug‘doy eksportini taqiqladi.

 

“Koronavirus pandemiyasidan ancha oldin biz duch kelgan inqiroz ta’minot zanjirlarimizning nozikligini ochib berdi. Buni hammangiz tushunishingiz uchun aytamanki, agar mojaro ertaga yakunlansa ham, bizning oziq-ovqat xavfsizligi muammomiz yaqin orada yo‘q bo‘lmaydi”,— degan u.


Asosiy ekinlar narxining oshishi joriy yilda dunyo bo‘ylab yana 400 million odamni ochlik xavf ostida  qoldirdi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi tufayli qariyb 1,7 milliard odam qashshoqlik va ochlikka mahkum bo‘ladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика