1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

"Dunyoda "Barselona"ni Messichalik sevadigan futbolchi yo'q"

Bekxem argentinalik yulduz haqida gapirdi.

"Dunyoda "Barselona"ni Messichalik sevadigan futbolchi yo'q"

 

"Manchester Yunayted", "Real" va "Milan" klublarining sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Inter Mayami"ning ham egasi Devid Bekxem jamoa hujumchi Lionel Messi haqida gapirdi.

 

“Men Messining faoliyatidan keyin Mayamida yashashini istardim. Lekin, Leo menga faqat "Kamp Nou" yaqinida yashash haqida o'ylashini aytdi. "Barselona"ni u qadar sevadigan futbolchi yo'q. Uning oyog'ida va hatto u ichadigan suv idishida "Barselona" logotipi bor, bu uning klubga bo'lgan kuchli muhabbatini ifodalaydi", - dedi Bekxem.

 

Eslatib o'tamiz, Messi 2023-yil iyulidan buyon “Inter Mayami”da o‘ynab kelmoqda. O'tgan mavsumda forvard MLS klubi safida barcha turnirlar doirasida 14 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика