1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Dunyoda egizaklar tug‘ilishi ko‘payib bormoqda

Olimlar buning sababini tushuntirishdi.

Dunyoda egizaklar tug‘ilishi ko‘payib bormoqda

Ko‘pgina mamlakatlarda tug‘ilishning umumiy darajasi pasayishda davom etayotganiga qaramay, egizak tug‘ilishi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etmoqda.

 

Tadqiqotchilar bu hodisani homiladorlik davrida ayollarning yoshi ortib borishi va yordamchi reproduktiv texnologiyalardan (ART) foydalanishning ko‘payishi bilan bog‘lashadi.

 

1990 yillardan boshlab IVF kabi ART usullaridan foydalanishning ko‘payishi ko‘p homiladorlikning o‘sishiga sezilarli taʼsir ko‘rsatdi. IVFni qo‘llashning dastlabki bosqichlarida ko‘pincha bir nechta embrion ko‘chirildi, bu ko‘p homiladorlik ehtimolini 28 foizgacha oshirdi. 

 

Egizaklar va uch egizaklarning tug‘ilishi ko‘pincha quvonch keltirsada, bunday homiladorlik xavfning oshishi bilan bog‘liq. Egizaklar erta tug‘ilish ehtimoli 60 foizga yetadi va deyarli barcha uch egizaklar yoki undan ko‘prog‘i muddatidan oldin tug‘iladi. Bu bolaning rivojlanishining dastlabki bosqichlarida asoratlar ehtimolini oshiradi.

 

Komila Odilova tayyorladi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика