Oxirgi to‘rt hafta ichida dunyo bo‘ylab 20 million kishiga COVID—19 tashxisi qo‘yilgan, shundan 114 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Shunday qilib, o'limlar soni o'tgan oyning shu davriga nisbatan 65 foizga oshdi. Shu bilan birga, kasallanganlar soni 78 foizga kamaydi, deya xabar beradi Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti.
Oxirgi to‘rt hafta ichida eng ko‘p kasallanish holatlari Xitoyda aniqlangan —11,4 million. Keyingi o‘rinlarda Yaponiya (3,2 million), AQSh (1,5 million) va Janubiy Koreya (1 million).
Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni o‘tgan haftada 20 foizga oshib, 45,5 mingtaga yetdi. "Omikron" shtammi variantlari ustunligicha qolmoqda. Hukumat yangi shtammlar uchun koronavirus vaksinalarini o'zgartirishga ruxsat berdi.


