1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dunyoda yo‘nalishlari eng ko‘p aeroportlar nomi eʼlon qilindi

Aviatsiya sanoatiga oid maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha “Cirium” xalqaro kompaniyasi dunyodagi eng yirik aeroportlar faoliyatini sarhisob qildi.

Dunyoda yo‘nalishlari eng ko‘p aeroportlar nomi eʼlon qilindi

 

Aviatsiya sanoatiga oid maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha “Cirium” xalqaro kompaniyasi dunyodagi eng yirik aeroportlar faoliyatini sarhisob qildi.

 

Uning maʼlumotlariga ko‘ra, Istanbul havo aeroporti Frankfurt-Mayn aeroportidan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan dunyoning asosiy aeroportlari ro‘yxatidan joy olgan.

 

Dunyoning eng “gavjum” aeroportiga 330 ta yo‘nalishda parvozlar amalga oshiriladi. Turkiya aeroporti o‘z navbatida 309 ta yo‘nalishga ega. Kuchli uchlikka ParijningSharl-de-Goll aeroporti 308 ta yo‘nalishga parvozlar bilan yakun yasadi.

 

Amsterdamning Sxipxol aeroporti to‘rtinchi o‘rinda. AQSHdagi Chikago o‘Xara aeroporti beshinchi, Dallas-Fort-Uert aeroporti esa oltinchi o‘rinda.

 

Shu bilan birga, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay xalqaro aeroporti yettinchi o‘rinda. Sakkizinchi o‘rinni Angliya poytaxti Xitrou aeroporti egalladi.

 

To‘qqizinchi qatorda Rimdagi Fyumichino xalqaro aeroporti joylashgan. O‘nta yirik havo aeroportlari reytingi Amerikaning Denver aeroporti bilan yakunlanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика