Yaponiyaning eng keksa fuqarosi va dunyodagi eng keksa inson Tomiko Itooka 116 yoshida vafot etdi. Itooka 2019 yildan buyon yashagan Asiya shahridagi qariyalar uyi vakili Kyodo agentligiga o‘lim tabiiy sabablarga ko‘ra sodir bo‘lganini maʼlum qildi.
Tomiko Itooka 1908 yil may oyida Yaponiyaning Osaka shahrida tug‘ilgan. 20 yoshida ayol turmushga chiqqan, uning to‘rtta farzandi bo‘lgan. Tomiko Itooka 1979 yilda 71 yoshida beva qolgan, ammo faol turmush tarzini davom ettirgan va sport bilan shug‘ullangan.
Tomiko Itooka 2024 yil sentyabr oyida Yer sayyorasining eng keksa fuqarosi va dunyoda yashovchi odamlarning eng keksasi deb tan olingan. O‘sha paytda u 116 yoshu 116 kunlik edi. Ungacha ispaniyalik Mariya Branyas Morera Yer yuzidagi eng keksa odam hisoblangan. U 2024 yil avgust oyida 117 yoshu 169 kunligida vafot etgan.


