1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dunyodagi eng keksa mahbus vafot etdi

O‘tgan yili unga 3,5 ming odam o‘limiga aloqadorligi uchun 5 yil qamoq jazosi berilgandi.

Dunyodagi eng keksa mahbus vafot etdi

 

Germaniyada natsistlar konslagerining sobiq qo‘riqchisi Yozef Shyuts vafot etdi. U eng keksa yoshda qamoq jazosiga hukm qilingan fuqaro sifatida rekord o‘rnatgan.

 

Shyuts o‘tgan yil 102 yoshida sudlangan. Ammo u qamoqqa olinmagan edi. Chunki ayblanuvchi sud qarori ustidan apellyatsiyaga ariza topshirgan. U umrining oxirigacha lager qo‘riqchisi bo‘lganini inkor qilib kelgan.

 

Shunga qaramay, o‘tgan yil iyun oyida unga 1942/45 yillarda Zakseyexauzen lagerida ishlagani va 3,5 ming odam o‘limiga aloqadorligi uchun 5 yil qamoq jazosi berilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика